Umuman kutilmagan jamoa Alvaresni qishda olib ketadi
“Chelsi” qishki transfer oynasida hujumchi Xulian Alvaresni Madridning “Atletiko” klubidan sotib olishni istamoqda va bu transfer bo‘yicha hozirdan madridliklar bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Bu haqida indykaila News ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida xabar berdi.
Qayd etilishicha, London klubi “Atletiko”ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ogohlantirish bergan:
“Biz yanvar oyida uning ortidan kelamiz”.
Alvares 2024 yil yozidan buyon “Atletiko” sharafini himoya qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda argentinalik futbolchi barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda ishtirok etib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Xulian Alvaresning bozor qiymati 120 million yevroga baholangan.
Yozda Xulian Alvares “Atletiko”dan “Barselona”ga o‘tmoqchi bo‘ldi. Lekin klub uni raqib jamoaga qo‘yib yubormadi. Hujumchining o‘zi “Arsenal” va “Manchester Siti” takliflarini qabul qilmadi.

Fikrlar