Unay Emeri: Menga “Chelsi”dan aynan shu forvardni olib bering
“Aston Villa” bosh murabbiyi Unay Emeri Londonning “Chelsi»”klubi hujumchisi Nikolas Jeksonni transfer qilishni qatʼiy talab qilmoqda.
Insayder Fabrizio Romanoning X ijtimoiy tarmogʻida yozishicha, birmingemliklar senegallik futbolchi va uning vakillari bilan shaxsiy shartnoma shartlari boʻyicha deyarli kelishib boʻlishgan.
Emeri “Aston Villa” mutasaddilari “Chelsi” rahbariyati bilan hujumchi transferi boʻyicha rasmiy muzokaralarni boshlashini xohlamoqda. Forvard uchun 70 million evrodan ortiq toʻlashga tayyorlar.
Jekson oʻtgan mavsumni “Bavariya”da ijara asosida oʻtkazdi. Hujumchi barcha musobaqalarda 34 ta oʻyinda ishtirok etib, 11 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etdi.
Uning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2033 yil yozigacha amal qiladi.

Fikrlar