Unay Simon "quruq" darvozabonlar qatoriga qo‘shildi

  • 15.07.2026 08:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Unay Simon 2026 yildgi jahon chempionati yarim finalida Frantsiyaga qarshi o‘yinni (2:0) gol o‘tkazmasdan yakunladi. Shu tariqa u jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p «quruq» o‘yin o‘tkazgan darvozabonlar orasida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Bu o‘yin orqali Simon  jahon chempionatlaridagi 11 uchrashuvidan sakkizinchisini «quruq» yakunladi. 2026 yildgi mundialning o‘zida esa oltinchi marta raqiblarning barcha zarbalarini bartaraf etdi. 

Jahon chempionatlari tarixida undan ko‘proq «quruq» o‘yin o‘tkazganlar faqat frantsiyalik Fab’yen Bartez va angliyalik Piter Shilton hisoblanadi. Har ikki darvozabon 17 uchrashuvning 10 tasida gol o‘tkazmagan.

Shuningdek, jahon chempionatlari tarixida yana bir qator mashhur darvozabonlar ham sakkiztadan «quruq» o‘yinga ega: fransuz Ugo Lyoris (20 o‘yindan 8 tasi), bel’giyalik Tibo Kurtua (21 o‘yindan 8 tasi), braziliyalik Taffarel (18 o‘yindan 8 tasi) va Emerson Leao (14 o‘yindan 8 tasi), nemis Sepp Mayer (18 o‘yindan 8 tasi), shuningdek, niderlandiyalik Yan Yongblud (12 o‘yindan 8 tasi).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!