Unga “Barsa”da "non" yo‘q!

  • 16.10.2021 09:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Bayer” xo‘jayinlari jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida “Barselona”dan Aleks Kolyadoni transfer qilmoqchi.

Manbalarning xabar berishicha, ayni paytda leverkuzenliklar 22 yoshli ispan futbolchisiga taklif tayyorlamoqda va yanvarda bu transferni amalga oshirishga urinib ko‘rinadi.

Kolyardo “Barsa”ning asosiy tarkib o‘yinchisi hisoblanmaydi. Shu bois, yarim himoyachining o‘zi g‘am muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun boshqa klublardan biriga o‘tishga qarshi emas. Agar “dorishunoslar” o‘z nishonidagi o‘yinchini qishda qo‘lga kirita olmasa, kataloniyaliklarga yozgi transferlar vaqtida yana murojaat qilmoqchi.

Kolyadoning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yarmigacha tuzilgan va uning transferi 5 million evroga baholanmoqda.

“Bayer” vakillari bu futbolchiga 2025 yilning yozigacha davom etadigan hamkorlik taklif qilmoqda. Futbolchiga Rossiya va Turkiya klublaridan ham qiziqish bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!