«Uni tinch qoʻying»: «Atletiko» sardori Alvaresni himoya qildi

  • 10.09.2026 14:03
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Atletiko» jamoasi yarim himoyachisi va kapitani Koke jamoadoshi Xulian Alvaresga qaratilgan tanqidlar yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.

 

Koke Movistar telekanaliga bergan intervyusida argentinalik hujumchini tinch qo‘yish vaqti kelganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, klub ichida ham Alvares atrofidagi doimiy shov-shuvlardan hamma charchagan.

 

«Yigitga shunchaki maydonga chiqib, futboldan zavq olish imkonini bering. Umid qilamanki, sizlar unga bir oz bo‘shashga yo‘l qo’yasiz», — dedi Koke jurnalistlar bilan suhbatda.

 

Eslatib o‘tamiz, yozgi transfer oynasi davrida Xulian Alvares «Barselona»ga o‘tish istagini bildirgan, ammo «Atletiko» rahbariyati hujumchini kataloniyaliklar safiga qo‘yib yubormagan edi. Joriy mavsumda argentinalik futbolchi «matraschilar» tarkibida qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!