
Upamekano baribir "RB Leyptsig"dan ketmoqchi
"RB Leyptsig" himoyachisi Dayot Upamekano boshqa jamoalar bilan muzokaralar o‘tkazayotganini ma’lum qildi.
- “RB Leyptsig” bilan shartnomamni uzaytirdim. Bir nechta jamoalar men bilan shartnoma imzolashni xohlayapti va men ular bilan muzokaralar o‘tkazyapman. Menda o‘ylash uchun hali vaqt bor. Ko‘ramiz, nimalar sodir bo‘ladi”, - deydi frantsiyalik futbolchi.
Aytish kerakki, 21 yoshli Upamekano iyulda “RB Leyptsig” bilan amaldagi shartnomasini 2023 yilgacha uzaytirgan edi. U o‘tgan mavsum 38 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar