Upamekano: "Messiga qarshi himoyalanish uchun butun jamoa ishlashi kerak"

  • 25.06.2026 22:51
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bavariya" va Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Dayo Upamekano Lionel Messiga qarshi o‘ynash tajribasi haqida fikr bildirdi.

"Messi — aynan butun jamoa bo‘lib himoyalanish kerak bo‘lgan futbolchi. Unga qarshi o‘ynaganda futbol tennis emasligini tushunasiz. Bu yerda birga bir kurashdan ko‘ra jamoaviy harakat, qayta joylashish va sheriklar bilan hamkorlik muhimroq.

Unga qarshi himoyalanish yana shuning uchun qiyinki, u maydonning barcha nuqtalarida harakat qiladi. Odamlar uni “o‘ninchi raqam” deb atashadi, ammo u “to‘qqizlik” vazifasini ham bajara oladi, qanotda ham o‘ynaydi, hatto tayanch yarim himoyachi rolini ham ijro etadi.

U biroz jamoadoshim Harri Keynga o‘xshaydi. Keyn ham pastga tushib, to‘pni taqsimlaydi va o‘yinni boshqaradi.

Jahon chempionati finalida Messiga qarshi o‘ynaganimizda, uning harakatlarini oldindan taxmin qilishga emas, balki jismoniy kurashga majbur qilishga harakat qildim. Chunki bunday tez fikrlaydigan futbolchilarning keyingi qadamini bashorat qilish juda mushkul.

Men unga yaqinroq o‘ynab, bo‘sh hudud qoldirmaslikka urinidim. Ammo bu ham oson emasdi, chunki u doim joyini o‘zgartiradi va to‘p bilan nihoyatda tez ishlaydi.

Shundan keyin men birga bir vaziyatlarda Messi yoki boshqa har qanday hujumchiga qarshi qolishdan qo‘rqmaydigan bo‘ldim. Buni men «Red Bull» tizimida o‘ynagan paytlarimda Ralf Rangnikdan o‘rganganman. Himoyachilar birga bir vaziyatlarda ishonchli harakat qila olishi shart", — dedi Upamekano.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!