Urugvay boshiga ham O‘zbekistonning kuni tushdi

  • 16.06.2026 12:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Jahon chempionati — 2026"ning ilk o‘yini oldidan Urugvay terma jamoasi AQShga yetib kelgan zahotiyoq qattiq xavfsizlik tekshiruvidan o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi. 

Futbolchilar qatorga tizildi, barcha sumka va chemodanlar yerga qo‘yildi, shundan so‘ng huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari maxsus o‘rgatilgan it bilan birga har bir yukni sinchiklab ko‘zdan kechirdi.

Bu holat Urugvay terma jamoasi AQShga qo‘nganidan keyin ro‘y bergan. Shu yerda jamoa jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi.

Terma jamoa safarda yana bir qiyinchilikka duch keldi: havo hududi bilan bog‘liq muammolar sababli samolyot bir necha soatga kechikdi. Urugvayliklarning aytishicha, AQSh havo hududiga kirishga ruxsat vaqtda olinmagan, bunga esa FIFA tomonidan Meksikadan parvoz uchun ruxsat so‘rash kechiktirilgani sabab bo‘lgan.

"N" guruhi birinchi turidagi Saudiya Arabistoni — Urugvay uchrashuvi 15 iyundan 16 iyunga o‘tar kechasi Mayami (Florida shtati)dagi "Xard Rok" stadionida bo‘lib o‘tdi. Bellashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.

Guruҳ bosqichida Urugvayni yana ikki o‘yin kutmoqda: 22 iyun kuni Kabo-Verdega qarshi (2-tur), 27 iyun kuni esa Ispaniya terma jamoasiga qarshi (3-tur) maydonga tushadi.

"Jahon chempionati — 2026" o‘yinlari 11 iyundan 19 iyulgacha uch davlat — AQSh, Kanada va Meksika hududida o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston futbolchilari AQSh hududiga kirganida jiddiy tekshiruvlarga duch kelgan birinchi terma jamoa bo‘lgan edi va bu ijtimoiy tarmoqlarda juda ko‘p muhokama qilindi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!