Urugvay Jahon chempionatini durang bilan boshladi

  • 16.06.2026 05:09
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionatining birinchi turidan o‘rin olgan bahsda Urugvay va Saudiya Arabistoni terma jamoalari 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Hisob 41-daqiqada ochildi. Saudiya Arabistoni himoyachisi Abdulela Al-Amri raqib darvozaboni Fernando Musleraning xatosidan unumli foydalanib, to‘pni darvoza to‘rigа yo‘lladi. Urugvay posboni zarbadan keyin to‘pni qaytargan bo‘lsa-da, uni oldiga chiqarib yubordi va Al-Amri vaziyatni gol bilan yakunladi.

Urugvayliklar uzoq vaqt hisobni tenglashtira olmadi. Faqat 80-daqiqada Maksimiliano Araujo o‘z jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi va hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Shu tariqa, har ikki jamoa mundialdagi ishtirokini bir ochkodan qo‘lga kiritish bilan boshladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!