Urugvaylik yarim himoyachi 3 oyga safdan chiqdi
Bilolbek Imomov
Futbolchi jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi
"Tottenxem" yarim himoyachisi Rodrigo Bentankur APL doirasida "Bornmut"ga qarshi uchrashuvda (2:3) jarohat oldi.
London klubining xabar berishicha, 28 yoshli urugvaylik futbolchi sonning orqa qismida jarrohlik amaliyotini o'tkazgan.
Jurnalist Ben Jeykobs ma'lumotlariga ko'ra, Bentankurning tiklanish jarayoni taxminan uch oyni tashkil etadi.
Joriy mavsumda Rodrigo Bentankur APLda 20 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo'lgan.

Izohlar (0)