"US Open": Novak Jokovich ikkinchi bosqichda
Zohir2018
Amerikada eng nufuzli musobaqa start oldi
"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Amerika ochiq chempionatida dunyoning eng kuchli tennischisi Novak Jokovich dastlabki muvaffaqiyatiga erishdi.
Serbiyalik raketka ustasi Nyu-York shahrida o‘tayotgan mazkur musobaqaning birinchi bosqichda bosniyalik Damir Jumxurni 6:1, 6:4, 6:1 hisobida taslim etdi.
Shu tariqa, "US Open"ni g‘alaba bilan boshlagan N.Jokovich navbatdagi turda britaniyalik Kayl Edmund bilan raqobatlashadi.

Izohlar (0)