"US Open" turniri. Tennischimiz dunyoning yigirma to‘qqizinchi raketkasini musobaqadan chiqarib yubordi

  • 31.08.2026 13:28
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Tennis
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Nyu-Yorkda tennis bo‘yicha yilning so‘nggi “Katta dubulğa” turniri — "US Open" start oldi. 

Musobaqaning asosiy davrasida qatnashayotgan yurtdoshimiz Kamilla Rahimova (dunyoning 92-raketskasi) 1-bosqichda jahon tasnif jadvalidagi 29-pog‘onani egallab turgan chexiyalik Barbora Kreychikovani sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchratdi.

Teng kurashlar ostida kechgan 1-set 7:6 hisobida Rahimovaning g‘alabasi bilan yakunlandi. Yurtdoshimiz 2-bo‘limni to‘liq nazoratga oldi va 6:2 hisobida ustun kelib, bahsni o‘z foydasiga hal qildi. 

Shuningdek, bugun kechki dasturda yana bir tennischimiz Mariya Timofeeva (86) kortga chiqadi. Unga sloveniya Tamara Zidanşekka (149) raqiblik qiladi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!