Usik - Fyuri jangi chiptalar va translyatsiyalardan qancha daromad olib kelgani ma’lum bo‘ldi

  • 7 iyun, 2024, 09:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

18 maydan 19 mayga o‘tar kechasi Saudiya Arabistoni poytaxtida WBA, IBF va WBO yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni, ukrainalik Aleksandr Usik va WBC yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuri o‘rtasida chempionlik jangi bo‘lib o‘tgan edi. ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, ushbu jang translyatsiyasining har biri 1,5 million dollardan sotilgan va jami 50 million dollar daromad keltirgan.

Manbaga ko‘ra, homiylik shartnomalaridan 40 million dollar tushgan, chiptadan tushgan daromad esa 3 million dollarni tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Usik – Fyuri qarama-qarshilik 12 raund davom etdi va yakunda ukrainalikning g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa, Usik 21-asrda og‘ir vazn toifasida birinchi mutlaq jahon chempioniga aylandi, Fyuri esa faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatga uchradi.

Ilgari Fyuri faoliyati davomida 35 ta jang o‘tkazib, 34 tasida g‘alaba qozongan (24 tasi nokaut bilan), bittasida durang qayd etilgan. O‘z navbatida Usik bunga qadar faoliyatida 21 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!