Usik faoliyatidagi rekord vaznda kikboksing ustasiga qashi ringga chiqadi
Jahon chempioni Oleksandr Usik shanba kuni bo‘lib o‘tadigan Riko Verxuvenga qarshi chempionlik jangi oldidan faoliyatidagi eng og‘ir vaznda taroziga chiqdi. Biroq u shunga qaramay raqibidan qariyb 11 kilogramm engil bo‘lib qolmoqda.
Ukrainalik bokschi Misrdagi mashhur Giza piramidalari etagida kikboksingdan boksgа o‘tgan Verxuvenga qarshi ringga ko‘tariladi. Jangda WBC kamari o‘rtaga qo‘yiladi.
Usikning vazni 106 kilogrammni tashkil qildi. Bu uning o‘tgan yozda britaniyalik Daniyel Dyubuanі muddatidan avval mag‘lub etgan paytdagidan 3 kilogrammdan ortiqroq vazn hisoblanadi.
39 yoshli chempion mutlaq favorit hisoblanishiga qaramay, raqibini jiddiy qabul qilayotganini ta’kidladi.
- Men bunga oson pul ishlash imkoniyati, deb qaramayapman. U haqiqiy jangchi, - dedi Usik.
U har doimgidek xotirjam kayfiyatda bo‘lib, ushbu jangdan keyin yana ikki marta ringga chiqishni rejalashtirayotganini ham ma’lum qildi.
37 yoshli Verxuven esa 117 kilogramm vaznda taroziga chiqdi. Bu uning professional bokschidagi ikkinchi jangi bo‘ladi. Ilk bahsi esa bundan 12 yil avval o‘tkazilgan.
Niderlandiyalik sportchi o‘zini ishonchli his qilayotganini bildirdi.
- O‘zimni juda yaxshi va ishonchli his qilyapman. Boks olamiga to‘liq moslashib boldim, - dedi Verxuven.
Shu tariqa, jang oldidan har ikki sportchi o‘zining yuqori tayyorgarlik holatida ekanini namoyon qildi. Endi boks muxlislari Giza piramidalari etagidagi katta to‘qnashuvni intizolik bilan kutmoqda

Fikrlar