Usik MMAda jang qilishi mumkin

  • 12.07.2024 18:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks

Ukrainalik mashhur bokschi Aleksandr Usikning murabbiyi Sergey Lapin shogirdi tez orada MMAga o‘tishi mumkinligini inkor etmadi.

“Sasha shu avlodning eng yaxshi bokschisi ekanligini isbotladi. Taysonni nafaqaga jo‘natgandan so‘ng, u jang san’atining boshqa turlarida ishtirok etish variantlarini ko‘rib chiqishi mumkin. U MMA va BKFC qoidalariga ko‘ra bemalol jang qila oladi. Tasavvur qiling-a, Usik va Jon Jons sayyoradagi eng kuchli yigit nomi uchun kurashmoqda. Yoki qafasda Joshua bilan uchinchi jang. Balki hatto Jeyk Pol bilan ham jang bo‘lishi mumkin”, - deya Lapinning so‘zlarini keltiradi Mirror portali.

Eslatib o‘tamiz, Usik o‘zining so‘nggi jangini joriy yilning 19 may kuni Saudiya Arabistonida Tayson Fyuriga qarshi o‘tkazdi va unda hakamlarning qaroriga (114-113, 113-114, 115-112) ko‘ra g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!