Usman Nurmagomedov: "Revanshda boshqa Usmanni ko‘rasiz!"
PFL ning engil vazn toifasida amaldagi chempion Usman Nurmagomedov (19-0-1 N/C) 3 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan "PFL Champions Series to Dubai" turnirida irlandiyalik Pol Xyuz(18-3)ga qarshi jang oldidan o‘z fikrlarini bilrdirib o‘tdi.
"Men jamoam va do‘stlarim yordamida og‘ir mashg‘ulot lageridan o‘tadim. Bo‘lajak jangga ruhiy va jismoniy hihatdan tayyorman. Birinchi to‘qnashuvda o‘zim kutgan jangni ko‘rsata olmadim, biroq bu safar hammasi boshqacha bo‘ladi. Men oktagonda o‘lishga ham tayyorman. Bu mening mentalitetim. Qo‘llaring yoki oyoqlaring sinishi mumkin, lekin bu yutqazganingni anglatmaydi. Bu safar mutlaqo boshqa Usmanni ko‘rasiz — dunyoga eng yaxshi jangchilarimdan birini ko‘rsataman", — dedi Nurmagomedov "Chempionat" muxbiri Sergey Sorokinga.
Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov va Xyuz o‘rtasidagi ilk qarama-qarshilik yanvar oyida o‘tkazilgan va unda hakamlar qarori bilan rossiyalik jangchi g‘alaba qozongan edi.



Fikrlar