Usmon Dembele faoliyatini qaerda davom ettirishi hal bo‘ldi
Frantsiya milliy terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembele PSJ bilan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha printsipial kelishuvga erishdi. Bu haqida L’Équipe xabar berdi.
29 yoshli futbolchining Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
Kutilishicha, yangi shartnoma yaqin haftalarda imzolanadi va u 2030 yil yozigacha amal qiladi. Dembele avval ham bir necha bor faoliyatini Parijda davom ettirish istagini bildirgan.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, xususan, Saudiya Arabistoni klublari fransuz futbolchisiga qiziqish bildirgan. Biroq hujumchi PSJda qolishga qaror qilgan.
Dembele Parij klubi safida 2023 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. 2025 yil yakunlariga ko‘ra, fransuz futbolchisi “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan.

Fikrlar