Usmon Nurmagomedov Arman Tsarukyanni yenga oladimi?
MMA yulduzi Islom Maxachev do‘sti va jamoadoshi Usmon Nurmagomedov UFC ga o‘tsa, Arman Tsarukyan ustidan g‘alaba qozonishini aytmoqda.
"Arman ham, Usmon ham to‘liq qurol-yaroqqa ega bo‘lgan yetuk jangchilar. Bu super to‘qnashuv bo‘lishi aniq. Biroq men Nurmagomedov butun umri davomida eng yaxshilar bilan shug‘ullangan deb hisoblayman va u g‘alaba kalitini topishiga ishonaman", - dedi yarim o‘rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni.
Eslatib o‘tamiz, Tsarukyan "UFC 331" turnirida Ruffiga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Fikrlar