Usmon Nurmagomedov nafaqaga qachon chiqishini ma'lum qildi
Javohir Malikov
Engil vazn toifasida PFL chempioni faoliyatini qachon yakunlashini aytdi.
Yengil vazn toifasida (70 kg) PFL chempioni Usmon Nurmagomedov faoliyatini qachon yakunlashini aytdi.
"Hozir 27 yoshdaman, tez orada 28 ga to'laman. Biroq 32 yoshda o'zimni arenalarda ko'rmayapman. Shunday bo'lsa-da, u vaqg'a qadar qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman", – dedi rossiyalik "Gorilla Fighting" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Usmon Nurmagomedov 7 fevral kuni Dubayda o'tkaziladigan PFL turnirida britaniyalik Alfi Devisga qarshi oktagonga ko'tariladi.

Izohlar (0)