Usmon Nurmagomedov va Iliya Topuriya o‘zaro jang qiladimi?

  • 15.02.2026 13:13
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Iliya Topuriyaning murabbiyi Xavi Klement shogirdi va rossiyalik Usmon Nurmagomedov oʻrtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.

"Bu – UFC, PFL emas. Ochigʻi, Usmonning Dana Uayt ligasida ham yuqori darajada oʻzini koʻrsatishini istardim, biroq hozir uning mazkur promoushendagi kelajagi haqida gapirishga erta. Shu bois u va Iliya oʻrtasidagi jang haqida muhokama qilmaymiz", - deya Klementning soʻzlarini keltirdi "ABC".

Eslatib oʻtamiz, Usmon 7 fevral kuni "PFL Road to Dubai" turnirida angliyalik Alfi Devisni 3-raundda sabmishn orqali yengdi va yengil vazndagi chempionlik kamarini himoya qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!