Usmon Toshev boshchiligidagi Tojikiston Iordaniyaga yutqazdi
Tojikiston milliy terma jamoasi Dubayda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda. Rejaga ko‘ra, Usmon Toshev boshchiligidagi tojikistonliklar 1 fevral kuni Iordaniya termasiga qarshi dastlabki nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.
O‘yin taqdiri birinchi bo‘limdayoq hal etildi. 37-daqiqada Axmad Xamdouni penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, 44-daqiqada Muhammad Abu Zrayk oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Ikkinchi bo‘limda esa Tojikiston terma jamoasi natijani o‘zgartira olmadi. Shu tariqa, Iordaniya 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Mazkur uchrashuvda “Navbahor” a’zosi Exsoni Pandshanbe bilan “Bunyodkor”da to‘p surgan Davron Ergashev o‘yinni to‘liq o‘tkazishdi.
Tojikiston: Rustam Yatimov, Vaxdat Xanonov, Davron Ergashev, Axtam Nazarov, Manuchexr Safarov (Iskandar Jalilov, 46), Amirbek Jo‘raboev (Abdulmo‘min Zabirov, 82), Muhammadjon Rahimov (Islom Zoirov, 73), Jahongir Ergashev (Tabrezi Davlatmir, 77), Exsoni Pandshanbe, Alisher Jalilov, Manuchexr Jalilov (Tohir Maladustov, 82).
E’tiborlisi, 5 fevral kuni ikkala terma jamoalar ikkinchi marotaba nazorat uchrashuvini o‘tkazishga kelishib olgan.
Fikrlar