Usmon Toshev O‘FAda ish boshladi

  • 7 oktabr, 2021, 19:14
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik taniqli mutaxassis Usmon Toshev O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining terma jamoalar bo‘limida ish boshladi. Bunga qadar u «Nurafshon» klubining bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Tecno

Ma’lumot o‘rnida, Usmon Toshev FIFA instruktori sifatida katta tajribaga ega. U O‘zbekistonda eng birinchilardan bo‘lib Pro litsenziyaga ega bo‘lgan mutaxassis hisoblanadi.

U faoliyati davomida bir nechta klublarda, xususan, “Andijon”, “Nasaf”, “Mayvand”, “Tofan Harirod”da bosh murabbiy sifatida ishlagan. Shuningdek, 2006 yil O‘zbekiston terma jamoasining bosh murabbiyi yordamchisi, 2018 yilda O‘zbekiston U17 jamoasi bosh murabbiyi, 2018-2021 yillar davomida Tojikiston terma jamoasining bosh murabbiyi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!