Usmon Toshev terma jamoa yig‘iniga "Bunyodkor" va "Navbahor"dagi futbolchilarni ham chaqirdi

  • 24 oktabr, 2020, 22:45
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda xabar berib o‘tganimizdek, Tojikiston terma jamoasi 7 va 12 noyabr kunlari Dubayda Bahrayn hamda BAA terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadi.

Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Usmon Toshev ushbu yig‘in uchun 26 nafar futbolchini yig‘inga jalb qildi. Ular orasida “Bunyodkor”da to‘p surayotgan himoyachi Davron Ergashev bilan “Navbahor”da o‘ynayotgan yarim himoyachi Ehsoni Pandshanbe ham bor.

Terma jamoa a’zolari 27 oktyabrda Dushanbeda mashg‘ulotlarni boshlaydi va 4 noyabrda BAAga jo‘nab ketadi.

Terma jamoaga quyidagi futbolchilar chaqirildi:

Darvozabonlar: Rustam Yatimov (“Istiqlol”), Shohruh Kirgizboev (“Lokomotiv-Pomir”), Muxriddin Hasanov (“Xo‘jand)

Himoyachilar: Davron Ergashev (“Bunyodkor”, O‘zbekiston), Axtam Nazarov, Iskandar Jalilov, Zoir Jo‘raboev, Tabrezi Davlatmir, Vaxdat Xanonov (barchasi – “Istiqlol”), Manuchexr Safarov (“Lokomotiv-Pomir”), Alisher Barotov (“Xo‘jand).

Yarim himoyachilar: Parviz Umarboev (“Lokomotiv”, Plovdiv, Bolgariya), Exsoni Pandshanbe (“Navbahor”, O‘zbekiston), Komron Tursunov (TRAU, Hindiston), Ilhom Barotov (“Istaravshan”), Alisher Jalilov, Amir Jo‘raboev, Muhammadjon Rahimov (barchasi – “Istiqlol”), Abdulmo‘min Zabirov (“Xo‘jand”), Sharafjon Solexov (“Fayzkand”).

Hujumchilar: Manuchexr Jalilov, Sheriddin Boboev, Rustam Soirov (barchasi – “Istiqlol”), Jahongir Ergashev, Tohir Malodustov (ikkalasi – “Xo‘jand”), Islom Zoirov (“Lokomotiv-Pomir”).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!