
Uxlasangiz ham bo‘lardi! Angliyadan nursiz durang va jamoa birinchi o‘rin bilan keyingi bosqichda
"Evro-2024" 3-turidan o‘rin olgan Angliya - Sloveniya bahsi yakunlandi. Unda jamoalar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Mazkur bellashuvda inglizlar raqib darvozasi tomon jami 10 ta zarba berdi va shulardan 3 tasi aniq edi.
O‘z guruhidagi 3 bellashuvning 2 tasida durang o‘ynab, 1 tasida g‘alaba qozongan inglizlar "C" guruhida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
- Europe - Yevropa chempionati
- Guruh bosqichi
Fikrlar