Uzoq kutilgan to‘qnashuv: Terens Kroufor Saul Alvaresga qarshi jang qiladi!

  • 04.05.2025 10:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tkazilgan professional boks oqshomi yakunlandi. 

Kechaning asosiy to‘qnashuvida meksikalik Saul Alvares va kubalik Vilyam Skull o‘zaro jang qildi. To‘liq 12 raund davom etgan bahsda "Kanelo" hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi.

Garchi ushbu qarama-qarshilik biroz zerikarli kechgan bo‘lsa-da, jangdan keyingi anons juda ajoyib bo‘ldi.

Ya’ni ringga Terens Krouford chiqib, Alvares bilan dastlabki nigohlar to‘qnashuvini o‘tkazdi.

Xabarlarga ko‘ra, ular o‘rtasidagi jang 12 sentyabr kuni Las-Vegasda, super o‘rta vazn toifasida bo‘lib o‘tadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!