Vadim Abramov "Qo‘qon-1912" muvaffaqiyatsizligining sababini aytdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Coca Cola Superliganing 8-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - «Qo‘qon-1912» (2:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida «Bunyodkor» jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi.

"Odatdagidek birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazdik va odatdagidek ikkinchi bo‘limni ko‘ngildagidek boshlay olmadik. Natijada gol o‘tkazib yubordik. Goldan keyin biroz asabiylashdik. Lekin natijani o‘zimiz tomonga o‘zgartira oldik va g‘alaba qozondik. Yigitlardan maydonda borlarini berib harakat qilishganidan mamnunman.

«Qo‘qon-1912» yaxshi jamoa. Bugun teng kuchga ega raqiblar o‘ynadi. Garchi biz g‘alaba qozongan bo‘lsakda, mehmonlardan o‘yin borasida ustunlik qila oldik, deya olmayman. Balki «Qo‘qon-1912»ga hali ham o‘z uyida o‘ynay olmayotgani ruhiy tomondan ta’sir qilayotgandir?, - deb Abramovning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub rasmiy sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!