Vadim Abramov: Tarkibni kuchaytirish uchun etarlicha zaxira imkoniyatimiz yo‘q

  • 18 oktabr, 2022, 01:42
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 22-turidan o‘rin olgan “Dinamo” – “Metallurg” (0:1) o‘yinidan so‘ng mezbon jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov jamoasining bugungi kundagi muammolari haqida gapirdi va mag‘lubiyat uchun muxlislardan uzr so‘radi.

– O‘yin haqida aytadigan har qanday fikr mag‘lubiyatga bahona izlash bo‘lib qolishi mumkin. Nima deyish mumkin. Yomon o‘ynadik. Buning uchun muxlislardan uzr so‘rayman.

Bugun qo‘l ostimizdagi bor imkoniyatdan foydalanib to‘p surayapmiz. Olti nafar futbolchimiz yosh, yana uch nafari betob bo‘lishlariga qaramay o‘ynashga majbur bo‘lmoqda.

Qolaversa, Boydullaev va Abdurahmonov keyingi o‘yinni chetlatish tufayli qo‘yib yuborishadi. Ularning ham o‘rinlarini yosh futbolchilar bilan to‘ldirishga majburmiz. Tarkibda betob o‘yinchilar ko‘p, ularni ham tushirishga majbur bo‘layapmiz.

Mahmudxojiev o‘yinga kirishib keta olmadi. Shuning uchun uni erta almashtirdik. Tarkibni kuchaytirish uchun etarlicha zaxira imkoniyatimiz yo‘q. O‘yinda qandaydir o‘zgarishlar qilishga urinayapmiz, ammo buning iloji bo‘lmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!