Vagiz Galiulin: "Andijon"ning qaytishini kutyapman"

  • 12 iyul, 2022, 19:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda Rossiya birinchi divizionida “Nefteximik” klubi sharafini himoya qilayotgan, jamoa sardori hamyurtimiz Vagiz Galiulinni sizlarga ortiqcha tanishtirishning hojati yo‘q. Chunki faoliyatini asosan Rossiya maydonlarida o‘tkazib kelayotgan 34 yoshli tajribali yarim himoyachini barcha muxlislar juda yaxshi bilishadi.

Tecno

Asli andijonlik bo‘lgan futbolchi o‘z vaqtida milliy terma jamoagacha bo‘lgan yo‘lni ham bosib o‘tgan. Endilikda bor e’tiborini klubga qaratgan Vagiz “Andijon”ga befarq emas. Boisi, katta futbolga ushbu jamoa orqali qadam qo‘ygan. “Burgutlar”ning pro ligadagi ishtirokini kuzatib borayotgan Galiulin bu borada shunday dedi:  

“Andijon”ning jiddiy maqsadi bor, Superligaga chiqsin, jamoaning joyi o‘sha erda. Kuchlilar orasida ishtirok etishi kerak. Muxlislar kutishyapti, men ham “Andijon”ning qaytishini rosa kutyapman. U erda ashaddiy ishqibozlar juda ko‘p. Ularning qarshisida o‘yinlar zo‘r muhitda o‘tadi.

Jamoaning o‘yinlarini ko‘rib turaman. Klubning rasmiy sahifasi orqali ham yuz berayotgan voqealarni kuzataman. Masalan, kecha AGMK bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazganidan xabarim bor. Men klubga faqat omad tilayman".

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bahodir Omonov
12/07/2022 20:41
rivojlantirish qiyin sportlarga pul tikkandan kura suv sporti volebollga uxshash sportni rivojlantirgan yaxshimasmi
&
Bek 56
12/07/2022 19:27
Рахмат Вагиз сог бу'л