Vagiz Galiulin jamoasining premer-ligaga chiqishiga ishonmoqda

  • 14 may, 2020, 12:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya birinchi divizioni hisoblangan FNLda ishtirok etuvchi «Nefteximik» klubidagi hamyurtimiz Vagiz Galiulin nijnikamenliklar premer-ligada o‘ynashga tayyor ekanini bildirdi.

Tecno

“Biz hozirgi kuchimiz bilan RPLda o‘ynay olamiz deb hisoblayman. Bizda juda jiddiy tarkib va murabbiylar shtabi shakllangan. Agar biz xuddi joriy mavsumdagidek harakat qilsak, hammasiga erishamiz”, - deydi Galiulin.

Vagiz joriy mavsum 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi. «Nefteximik» esa FNL musobaqa jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi. Ularni pley-off yo‘llanmasidan bor yo‘g‘i 5 ochko ajratib turibdi xolos. Ammo, koronavirus tufayli hozir Rossiyada chempionat o‘yinlari noma’lum muddatga to‘xtatilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!