"Valensiya" dunyoning eng qimmat darvozaboni uchun taklif yubordi

"Valensiya" "Chelsi" darvozaboni Kepa Arrisabala xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Sky Sports nashri ma’lumotiga ko‘ra, ispaniyaliklar 25 yoshli golkiperni sotib olish huquqi bilan ikki mavsumga ijaraga olishni rejalashtirmoqda.

Joriy mavsumda Kepa "Chelsi" safida 35ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 45 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" Arrisabalagani 2018 yilda "Atletik"dan 80 mln evroga sotib olgan edi. U ayni damda dunyoning eng qimmat darvozaboni hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!