
"Valensiya" etakchilaridan biri "Ayaks"ga qarshi o‘yinda ishtirok etolmaydi
"Valensiya" klubi yarim himoyachisi Denis Cherishev UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 6-turidan o‘rin olgan "Ayaks"ga qarshi o‘yinda ishtirok etolmaydi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha rossiyalik futbolchi 5 noyabr kuni “Lill”ga (4:1) qarshi o‘yinda jarohat olgan va shu bois murabbiylar shtabi uni “Ayaks”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritishmagan.
Ta’kidlash kerakki, Cherishev bir necha kun oldin umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilgan edi. Biroq, u hozircha to‘liq sog‘ayib ulgurgani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, "Ayaks" - "Valensiya" uchrashuvi 10 dekabr kuni “Amsterdam-Arena”da Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, Cherishev joriy mavsum “Valensiya” safida jami 12 ta o‘yinda maydonga tushib o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar