"Valensiya" etakchisi "Atletiko"ga qarshi o‘ynay oladi

  • 13 fevral, 2020, 21:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Valensiya” klubi yarim himoyachisi Denis Cherishev jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ldi.

Klub rasmiy saytining xabar berishicha 29 yoshli rossiyalik futbolchi La Liganing navbatdagi turidan o‘rin olgan “Atletiko”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, Cherishev 19 yanvar kuni “Malorka”ga qarshi o‘yinda oyog‘ini qayrib olgan edi. U joriy mavsum Ispaniya chempionatida jami 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!