"Valensiya" futbolchisida koronavirus aniqlandi

  • 16.03.2020 01:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Valensiya" klubi himoyachisi Elyakim Mangalya koronavirusga chalindi. Bu haqda futbolchining o‘zi ma’lum qildi.

“Mening koronavirus bo‘yicha topshirgan test natijalarim ijobiy chiqdi. Mening sog‘ligim yaxshi va menda kasallik alomatlari yo‘q. Ammo men uydan va oila a’zolarimdan uzoqdaman”, - deydi frantsiyalik futbolchi.

Bundan avvalroq, “Valensiya”ning 5 nafar xodimi COVID-19 virusini yuqtirib olgani haqida xabar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!