Valentina Shevchenko: "Gender tengligi" so‘zidan nafratlanaman!
UFC chempioni Valentina Shevchenko erkaklar va ayollar oʻrtasida janglar oʻtkazishga keskin qarshilik bildirdi.
Uning soʻzlariga koʻra, sportchi mashgʻulotlarda, asosan, erkaklar bilan sparring qiladi. Chunki uning murabbiyi Pavel belgilagan yuqori surʼatga chiday oladigan qizlar juda kam.
"Qizlar bir mashgʻulotni oʻtab berish mumkin, ammo bir-ikki-uch oy davomida shu ritmda ishlashga dosh berolmaydi — koʻplari "sinib ketadi". Shu bois katta arenalarda erkaklar va ayollar oʻrtasidagi janglarni oʻtkazishni mutlaqo notoʻgʻri, deb hisoblayman", — deydi Shevchenko.
Yana uning taʼkidlashicha, mashgʻulot paytida u koʻplab erkak jangchilardan texnik va jismoniy jihatdan ustun keladi. Biroq bu holatni rasmiy janglarga koʻchirish mumkin emas.
"Arenalarda bunday janglarga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi. Bu tabiatga qarshi ish. “Gender tengligi” deya zamonaviy va sunʼiy oqimlarga ergashmaslik lozim. Ochigʻi, men bu iboradan nafratlanaman, hatto uning talaffuzidan ham. Ayollar ayollar bilan, erkaklar esa erkaklar bilan bellashishi kerak", — dedi UFC chempioni.
Fikrlar