Valentina Shevchenko mendan qo‘rqyapti

  • 26.05.2026 21:58
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xitoylik UFC jangchisi Van Tsung amaldagi chempion Valentina Shevchenkoni keskin tanqid qildi.

"Valentina kikboksda mendan yengilgan. Biroq hozirgacha bu mag‘lubiyatni qabul qila olmaydi. Yana bir gap: u hozir ham juda zerikarli janglar ko‘rsatadi.

Biz Valentina bilan birga Makaoda o‘zaro oktagonga ko‘tarilishimiz kerak edi. Biroq, u menga qarshi bahsdan bosh tortdi. O‘ylashimcha,  u mendan qo‘rqayapti", - dedi Van.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yil 31 oktyabr kuni kikboks bo‘yicha o‘tkazilgan "Kunlun Fight 33" turnirida Tsung hakamlarnig yakdil qaroriga ko‘ra Shevchenko ustidan g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!