Valverde: "Alaba bilan xayrlashish eng og‘ir onlardan biri bo‘ldi"

  • 24.05.2026 13:17
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Federiko Valverde David Alaba ketganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda unga hurmat bildirib, samimiy post qoldirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Alaba bilan birga o‘tkazilgan barcha lahzalar xotirada saqlanib qoladi. Futbolchi bu xayrlashuvni o‘z faoliyatidagi eng og‘ir ajralishlardan biri sifatida ta’rifladi. U faqat futbol maydonida emas, balki undan tashqarida ham Alaba bilan birga vaqt o‘tkazish yoqimli bo‘lganini ta’kidladi.

Federiko Valverde David Alabaga kelajakda omad tiladi va uning jamoadagi o‘rni doimo sezilib turishini bildirdi.

Ma’lumot uchun, "Real Madrid" himoyachisi David Alaba jamoada 2021 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!