
Valverde "Barselona" rahbariyatidan nima talab qilmoqda?
"Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde jamoa rahbariyatidan xorvatiyalik yarim himoyachi Ivan Rakitichni tarkibda saqlab qolishni so‘ramoqda.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” rahbariyati 55 yoshli mutaxassisning ushbu iltimosini qanoatlantiradi.
Ma’lumot uchun, Rakitich joriy mavsum La Ligada 27ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar