Valverde: "Derbidagi mag‘lubiyatdan xulosa chiqarishimiz kerak"
"Real Madrid" yarim himoyachisi Federiko Valverde madridliklarning "Atletiko"dan 2:5 hisobidagi yirik mag‘lubiyatiga munosabat bildirdi.
"Biz ko‘p o‘yin o‘tkazdik, ammo Xabi rahbarligida hali juda ko‘p vaqt o‘tmadi. Har bir uchrashuvda 100 foiz harakat qilishimiz kerak, vaziyatni tezroq yaxshilash uchun. Xabi qo‘l ostida ikki mag‘lubiyat bo‘ldi (PSJga 0:4 va "Atletiko"ga 2:5) va ikkalasi ham og‘ir kechdi. Bu futbolning bir qismi, lekin bunday holatga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Birlashib, maydonda ham, maydondan tashqarida ham kuchli bo‘lishimiz zarur.
Bunday o‘yinlarda motivatsiya uchun kimdir tovushini ko‘tarishi shart emas. Madridda bunga yo‘l qo‘yilmaydi. Har bir bahsda, derbidan qat’i nazar, o‘zimiz o‘zimizni ruhlantirishimiz kerak. Natija turlicha bo‘lishi mumkin, ammo kayfiyat va tayyorgarlik bahsga chiqishdan avval hal bo‘lishi shart.
Ikkinchi taym boshida biz go‘yoki durang ham biz uchun yaxshi degandek harakat qildik. Bu xatoni takrorlamasligimiz kerak. Hozirgi vaziyatni engib o‘tishimiz va bu uchrashuvni o‘sish uchun imkoniyat sifatida ishlatishimiz zarur", – dedi urugvaylik futbolchi.
Fikrlar