Valverde: “Tibo maydonda bo‘lganda biz xotirjam bo‘lamiz”
"Real" yarim himoyachisi Federico Valverde "Vilyarreal"ga qarshi uchrashuvda so‘ng jamoa posboni Tibo Kurtua haqida fikr bildirdi.
"Tibo darvozada turganda bizning vazifamizni ancha yengillashtiradi. Bizda ishonchli darvozabon borligini bilamiz. Maydondagi futbolchilar esa o‘z navbatida darvozamiz oldidagi xavfli vaziyatlarni iloji boricha kamaytirishga harakat qilishi lozim. Bu gapim hujumkor futbolchilarimizga ham taalluqli",- dedi urugvaylik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Kecha La Liganing 21 turidan o‘rin olgan bellashuvda "Real" safarda Mbappening dubl evaziga "Vilyarreal"ni mag‘lub etib, turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar