Valverdening "Real"dagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda

  • 15.05.2026 00:26
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Federiko Valverdening Madridning "Real" klubidagi kelajagi Orelien Tchuameni bilan yuzaga kelgan mojarodan keyin muhokamalar markaziga aylandi.

AS ma'lumotiga ko‘ra, urugvaylik yarim himoyachi atrofidagi vaziyatni Yevropaning bir qator top-klublari diqqat bilan kuzatmoqda.

Manbaning ta'kidlashicha, futbolchining o‘zi klubni tark etish variantini ko‘rib chiqmayapti va so‘nggi mojaroga qaramay, faoliyatini "Real"da davom ettirmoqchi. Hozirda u jarohatidan tiklanish jarayonini o‘tamoqda.

Valverdega "Manchester Yunayted" va PSJdan tashqari "Manchester Siti" ham qiziqish bildirmoqda. "Shaharliklar" o‘tgan yozda ham "Real" bilan aloqaga chiqqan, ammo o‘shanda transfer amalga oshishi qiyin deb baholangan edi.

Endi Manchester klubi urugvaylik futbolchini transfer qilish variantini yana ko‘rib chiqishga tayyor. Ehtimoliy transfer summasi 100–120 million yevro atrofida baholanmoqda.

Joriy mavsumda Valverde barcha turnirlarda 48 ta o‘yinda qatnashib, 9 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!