Van de Bek jarohatidan keyin nimalar dedi?

  • 14 yanvar, 2023, 14:23
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” futbolchisi Donni Van de Bek “Bormunt”ga qarshi o‘yinda jarohat olib, maydonni erta tark etdi. Ma’lum bo‘lishicha, yarim himoyachi mavsum so‘ngiga qadar safdan chiqqan.

Men uchun mavsum tugaganidan xafaman. Muvaffaqiyatli operatsiyadan keyin tiklanish vaqti keldi. Klubga kuchliroq bo‘lib qaytish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman”, - dedi niderlandiyalik futbolchi.

Van de Bek ushbu mavsumda ham kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. Ayni paytda yarim himoyachining kelajagi so‘roq ostida. Uning “Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!