Van Deyk boshqa jamoada o‘ynashi kerak!

  • 06.01.2023 13:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Serbiyalik mashhur himoyachi Nemanya Vidich “Liverpul” himoyachisi Virjil van Deykni dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri deb aytdi.

"Van Deyk – dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilardan biri. U jismonan kuchli va bosh bilan ham yaxshi o‘ynaydi. U ajoyib qobiliyatga ega.

"Seltik"da o‘ynagan o‘yinlarini birinchi marta ko‘rganimdan buyon uning faoliyatida ancha o‘sish bo‘ldi. Uning yagona kamchiligi shundaki, u noto‘g‘ri jamoada o‘ynamoqda” – dedi “Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisi.

31 yoshli van Deyk joriy mavsumda APLda 17 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!