Van Deyk: "Bu muammoni hal qilishimiz shart"
"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk "Bornli"ga qarshi o‘yindan keyin fikr bildirdi. Angliya chempionatining 22-turida mersisaydliklar raqibni mag‘lub eta olmadi — 1:1.
"60 daqiqadan keyin bee’tibor o‘ynay boshladik, bu birinchi marta emas. Bu muammoni albatta hal qilish kerak. Bu — real holat va bizga qo‘llab-quvvatlash zarur. Muxlislar tomonidan hushtakbozlik bo‘lishi menga yoqmadi", — dedi van Deyk.
Ayni paytda Arne Slot jamoasi jadvalda to‘rtinchi o‘rinda, hisobida 36 ochko bor. Chorshanba kuni "Liverpul" Chempionlar ligasida "Marsel"ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar