Van Deyk: "Jahon chempionatini qo‘lga kiritishni orzu qilyapman"
Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Virjil van Deyk Jahon chempionati oldidan oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Tajriba futbolchi terma jamoaning imkoniyatlariga ishonayotganini taʼkidlab, mundialda katta natija qayd etish mumkinligini aytdi.
"Men optimizmga toʻlaman. Jurnalistlar Niderlandiya terma jamoasi uzoq vaqtdan beri top-terma jamoalarni magʻlub etmaganini aytishmoqda. Buning aniq sababini men ham tushuntirib bera olmayman.
Ammo buni aynan Jahon chempionatida amalga oshirishdan ham yaxshiroq narsa boʻlishi mumkinmi? Men bu turnir biz uchun juda muvaffaqiyatli oʻtishiga chin dildan ishonaman", — dedi van Deyk.
Shuningdek, u mundial terma jamoa safidagi soʻnggi yirik musobaqasi boʻladimi-yoʻqmi, bu haqida hozircha qaror qabul qilmaganini bildirdi.
"Bu mening terma jamoadagi soʻnggi yirik turnirim boʻladimi, hozircha bilmayman. Bu haqida faqat Jahon chempionatidan keyin oʻylab koʻraman.
Undan keyin taʼtilga chiqib, tiklanishim va “Liverpul” bilan oʻtgan mavsumda sodir boʻlgan barcha voqealarni tahlil qilishim kerak boʻladi.
Umid qilamanki, faoliyatimni qoʻlimda kubok bilan yakunlayman. Bu mening ham, barcha niderlandiyaliklarning ham gʻalabasi boʻlardi", — dedi himoyachi.

Fikrlar