Van Deyk: "Saloҳ jamoa uchun juda muhim"
"Liverpool" himoyachisi Virjil van Deyk jamoadoshi Muhammad Saloҳning kelajagi haqida fikr bildirdi.
"Mo hanuz yetakchi. Kapitan sifatida uning biz bilan bo‘lishi va maydonga tushishi juda muhim, chunki u jamoaga katta foyda keltiradi. U faqat gollari bilan emas, boshqa jihatlar bilan ham jamoaga hissa qo‘shadi. Hozir barcha e’tibor uning gollariga qaratilgan, chunki u juda yuqori standart belgilagan. Kamroq gol ursa, darhol tanqid qilinadi. Uning shartnomasidan yana bir yil qolgan, mening ham shunday, shuning uchun ko‘ramiz.
Men baribir Mo qolishini istayman, chunki u yaqin do‘stim. Biz yillar davomida ko‘tarilishlar va qiyin davrlarni birga boshdan kechirganmiz. U "Liverpool" uchun juda muhim o‘yinchi va juda yuqori me’yor o‘rnatgan. Biz uchun hech narsa o‘zgarmagan.
Odamlar muvaffaqiyatga erishish uchun qanchalik ko‘p omillar muhimligini tushunishmaydi. Mavsum oxirigacha kutib ko‘raylik va u qanchalik muhim o‘yinchi ekanini yana bir bor ko‘ramiz", – dedi van Deyk.

Shanba kuni mersisaydliklar Angliya Kubogining 4-bosqichida "Brayton"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Saloҳ ushbu o‘yinda golli uzatma berdi va penal’tidan aniq harakat qildi.

Fikrlar