
Van Nistelroyning natijasi takrorlandi
"Lion" yarim himoyachisi Memfis Depay Evropa Chempionlar ligasining nimchorak finalidan o‘rin olgan "Yuventus"ga qarshi javob uchrashuvida penaltidan gol urishni uddasidan chiqdi.
Shunday qilib, 26 yoshli futbolchi turnirda ketma-ket oltinchi bahsda raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishdi.
Depay Rud van Nistelroydan keyin, ushbu natijani qayd etgan ikkinchi gollandiyalik futbolchiga aylandi.
Fikrlar