Van Persi o‘ziga yangi ish topdi (video)

  • 26.07.2019 09:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Arsenal” va “Manchester Yunayted” klublari sobiq hujumchisi Robin van Persi o‘ziga yangi ish topdi.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 35 yoshli gollandiyalik sobiq futbolchi BT Sport telekanalida Angliya premer-ligasi uchrashuvlarida teleekspert sifatida faoliyat olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, van Persi joriy yilning may oyida futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!