
VAR/AVAR hakamlarimiz soni yana ko‘paydi
30 may kuni navbatdagi hakamlarimiz VAR/AVAR yakuniy nazorat bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, VAR/AVAR litsenziyalarini qo‘lga kiritishdi. Shu tariqa, hakamlarimiz qo‘lga kiritgan litsenziyalar soni yana 2 taga ko‘paydi. Bu haqda hakamlar markazi matbuot xizmati xabar berdi.
Nayim Qosimov — VAR ishlaydigan o‘yinlarda hakamlik qilish;
Nikita Afinogenov — AVAR hakami sifatida ishlash uchun litsenziya olishdi.
Demak, VAR, AVAR hamda VAR ishlaydigan o‘yinlarda hakamlik qila oluvchilar soni quyidagicha ko‘rinish olmoqda:
VAR hakamlari soni: 18 nafar;
AVAR hakamlari soni: 24 nafar;
VAR ishlaydigan o‘yinlarda hakamlik qila oladiganlar soni: 26 nafar.
Ma’lumot uchun, Nayim Qosimov bunga qadar VAR hakami litsenziyasini ham qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar