
VAR hakamlarimiz soni 18 taga etdi
Yana 5 nafar hakamimiz VAR/AVAR litsenziyalarini qo‘lga kiritdi.
25-26 may kunlari navbatdagi hakamlarimiz VAR/AVAR yakuniy nazorat bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, VAR/AVAR litsenziyalarini qo‘lga kiritishdi. Shu tariqa, hakamlarimiz qo‘lga kiritgan litsenziyalar soni yana 5 taga ko‘paydi.
Sardor Ismatullaev — VAR ishlaydigan o‘yinlarda hakamlik qilish;
Farux Yansupov — VAR ishlaydigan o‘yinlarda hakamlik qilish;
Akmal Rahimov — VAR hakami;
Zilola Rahmatova — AVAR hakami;
Obid Jumaev — AVAR hakami sifatida ishlash uchun litsenziya olishdi.
Demak, VAR, AVAR hamda VAR ishlaydigan o‘yinlarda hakamlik qila oluvchilar soni quyidagicha ko‘rinish olmoqda:
VAR hakamlari soni: 18 nafar;
AVAR hakamlari soni: 23 nafar;
VAR ishlaydigan o‘yinlarda hakamlik qila oladiganlar soni: 25 nafar.
Fikrlar