VAR ilk bor Andijonga kelmoqda

  • 31 mart, 2021, 10:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Barchaga yaxshi ma’lum, joriy mavsumdan boshlab Superliga o‘yinlarida video assistent referi (VAR) tizimi yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston Professional futbol ligasi Bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaevning ma’lum qilishicha, ertaga Superliganing 4-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Mash’al" bahsida ham VAR tizimi ishlaydi. Aytish kerakki, VAR Andijonning uy o‘yinida ilk bor qo‘llanilmoqda.

Tecno

"VAR tizimini endi Andijonda sinab ko‘rishadi. Ertaga klub o‘z uyida Mash’al klubini qabul qiladi.

Rejaga ko‘ra, VAR dastlabki uch turda faqatgina 1 tadan uchrashuvda, keyinchalik 2 tadan uchrashuvda ishlashi kerak edi. Biz esa 3-turdanoq 3 ta o‘yinda sinab ko‘rishga erishdik. 4-turda ham 3 ta uchrashuvda shu tizimdan foydalanish rejalashtirilgan. II davra uchrashuvlariga qadar VAR ishlaydigan o‘yinlar soni bundan ham ko‘proq bo‘lishi ustida ish olib borilmoqda", - dedi Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!